
© devazizbek | Barcha huquqlar himoyalangan
15-iyun kuni Zomin tog'larida o‘tgan Zaamin Ultra 2025 marafonida men 21 km masofani 2 soat 7 daqiqa ichida bosib o‘tdim va 500+ ishtirokchi orasida 31-o‘rinni egalladim! 🏅🔥
Bu marafon men uchun shunchaki yugurish emas, balki o‘zimni sinash, chidamligimni oshirish va irodamni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Har bir kilometr – bu o‘z ustimda ishlash, sabr va qat’iyat darsi edi. 💪⛰
Oldingi tayyorgarlik jarayonida kuniga 15–20 km yugurib, tanamni va ruhimni sinovlarga tayyorlagandim. Va bugun, bu mehnat o‘z natijasini berdi! 🌟
Marafon men uchun yakun emas – bu endi yangi boshlanish. Oldinda yana ko‘plab marralar, cho‘qqilar va g‘alabalar bor! 🚀
© devazizbek | Barcha huquqlar himoyalangan